Rajab Toyib Erdöğan 15 iyuldan 16 iyulga ötar keçasi sodir bölgan harbiy töntaruv harakatlarining ortida uning sobiq ittifoqçisi Fathulloh Gulen turganligini ma'lum qildi. U AQŞda istiqomat qiladi, köplab siyosatçilar va din arboblari orasida öziga yaraşa obro‘-e'tiborga ega. Gulenning ortida kim turibdi, u qanday qilib köp milliardli imperiyaga asos soldi va nima uçun Erdöğan bilan ziddiyatga bordi? Bularning barçasi haqida batafsil söz yuritamiz.
Parvoz

Gulen Turkiyaning şarqida imom oilasida dunyoga kelgan. 4 yoşidan namoz öqişni boşlagan, 10 yoşida Qur'onni yod olgan. 14 yoşida birinçi va'zini öqigan, 19 yoşida esa imom darajasiga yetgan. 70-yillarda Gulen faol voizlik qila boşladi: u eng avvalo turk burjuaziyasini jalb qildi, zero u musulmonlar uçun asketik hayot tarzini muhim deb bilmaydi. Uning nutqlaridan birini Turkiyaning öşa paytlardagi bölajak prezidenti Surgut Özan eşitib qoladi va tez orada Gulen yangi turk isteblişmenti safiga kiradi.
Imperiya

1997 yildagi harbiy töntaruvdan keyin Gulen davolaniş uçun AQŞga ketadi, ammo barça tekşiruvlardan ötib bölganidan söng Turkiyada şariat örnatişga da'vat qilganlikda ayblanib, unga nisbatan jinoiy iş oçilgani tufayli vataniga qaytmaslikka qaror qiladi. Şundan keyingi 10 yil qoronğulik bilan qoplangan. Aynan şu paytlarda u eng boy turk quvğiniga aylanadi hamda AQŞda köp milliardli imperiyasini barpo qiladi. Bir vaqtning özida Gulen butun dunyo böylab maktablar oçadi, biroq 2006 yilda AQŞda migratsiya qonunçiligi bilan boğliq muammolarga töqnaş keladi. Bu mojaro diplomatlar va markaziy razvedka boşqarmasi yordamida tezda hal qilinadi.
Ta'sir

Tez orada Amerika matbuoti Gulenni bir “sayyoraning eng nufuzli intellektuali”, bir “dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni” va hattoki “dunyoning eng nufuzli 100 kişisi” qatoriga kiritadi. Turkiyada u tomonidan 1966 yilda asos solingan “Xizmet” (“Xizmat”) diniy harakatining tarafdorlari 6 millionni taşkil etadi. Gulenning YeI va AQŞda 30 mingdan ortiq korxonasi bölib, uning ulkan biznes-imperiyasidan tuşadigan yillik daromadi 25 milliard dollardan iborat.
Baribir kelişadi

“Xizmet” harakati strategiyasini oddiy qilib aytganda “Kim bölsang ham, biz baribir yoningga boramiz” şiori bilan izohlaş mumkin. “Xizmet” rahbariyati Erdöğan boş vazir bölgan paytlarda uning partiyasini faol qöllab-quvvatlagan. Biroq keyinçalik turk hukumati “Xizmet” harakatini “Fathulloh Gulenning terrorçi guruhi” deb atay boşladi.
Davlat töntaruvi

2013 yilda bölib ötgan korrupsiya mojarosidan söng Rajab Erdöğan bunda Gulenni aybladi. U da'vatçining davlat töntaruvini amalga oşirmoqçi bölgani haqida ma'lum qildi. Gulenning tarafdorlari hibsga olindi, közdan yoş sizdiruvçi gaz bilan namoyişçilar tarqatildi. 2014 yilning 19 dekabrida Istanbul sudi tomonidan Gulenni hibsga oliş haqida order berildi.
AQŞning roli

2012 yilda New York Times gazetasiga bergan sönggi intervyularidan birida sobiq voiz şunday sözlarni aytgan: “Xaosga qarşi çiqiş uçun dunyoga yangi xalqaro munosabatlar tizimi kerak - u faqatgina AQŞ kabi yetakçi davlatlar hamda NATO va BMT kabi nufuzli taşkilotlar tomonidan yaratilişi mumkin”
Rossiya Turkiyaning qöşnisi

Gulen: “Rossiya – Turkiyaning qöşnisi. Turkiya NATO a'zosi bölsa-da, qöşniçilik aloqalarini hurmat qilgan holda, AQŞ bilan munosabatlariga ziyon yetkazmaydi – Rossiya bilan ziddiyatga boriş kerak emas”.











