Turkiyaning yirik şaharlari – Anqara, Istanbul va Ismir köçalarida minglab odamlar yiğilişdi. Ularning köpçiligi qölida mamlakat bayroği va davlat asosçisi Kamol Otaturkning suratini köriş mumkin. Ular mamlakatdagi davlat töntarişiga qarşi çiqişmoqda.
“Biz demokratik prinsiplarni yoqlaymiz va kuç işlatar metodlarga qarşimiz”, - dedi Ali ismli ana şunday fuqarolardan biri.
NTV telekanali Anqara, Istanbul va Izmir köçalaridan töğridan töğri reportaj olib bormoqda. Unda odamlarning öz pozitsiyalarini tark etayotgan harbiylarni qöllab-quvvatlayotganiga guvoh böliş mumkin.











