Rasmiy Vaşington Turkiya hukumatidan Fatxulloh Gulenni ekstraditsiya qiliş böyiça rasmiy sörovnoma olmagan. AQŞ davlat kotibi Jon Kerri YeI mamlakatlari taşqi işlar vazirlari bilan ötkazgan amaliy nonuştasi çoğida şunday bayonot bergan.
"Biz Turkiyadan ekstraditsiya böyiça bironta rasmiy sörov olganimiz yöq", - degan Kerri jurnalistlar savoliga javob berar ekan.
"Albatta, şu mazmundagi sörov kelsa, u Turkiya va AQŞ örtasidagi kelişuvga binoan atrofliça örganiladi. Biroq, ularda dalillar bölişi kerak, şunçaki bayonotlar emas", - deya ta'kidlagan Kerri.
2016 yil 16 iyulga ötar keçasi Turkiyadagi harbiy isyonçilar davlat töntarişini amalga oşirişga urinişdi. Asosiy qarama-qarşilik Istanbul va Anqara şaharlarida yuz berdi. Sönggi ma'lumotlarga köra, 190dan ortiq tinç aholi vakili qurbon bölgan, 100dan ziyod isyonçi öldirilgan. 1,4 mingdan ortiq inson yaralangan.
Şu bilan birga, Kerrining uqdirişiça, rasmiy Anqara harbiy isyondan keyin tartibni ta'minlaşda "haddidan oşmasligi lozim".











