Bugunga kelib, Turkiyadagi davlat töntaruvi harakati qurbonlarining soni 208 nafarni taşkil qilmoqda, taxminan 1,5 ming kişi turli jarohatlar olgan. 18 iyul kuni Anqarada Vazirlar mahkamasi yiğilişi bölib ötganidan söng Turkiya boş vaziri Binali Yildirim şu haqida ma'lum qildi. 

“Davlat töntaruvi harakati natijasida 208 nafar kişi halok böldi, ulardan 60 nafari politsiya xodimi, 3 nafari harbiy xizmatçi va 145 nafari tinç aholi vakillari bölgan. Uşbu raqamlar köpayişi mumkin”, - deb ta'kidladi u. 

Şuningdek Yildirim isyonni qözğatgan 24 nafar taşkilotçining öldirilganligini ham ma'lum qildi, yana 50 nafari jarohat olgan. 

 “Harbiy töntaruv harakatining iştirokçilariga nisbatan 2 745 ta jinoiy işi oçildi”, - dedi u. 

Bundan avval hukumat rahbari 7 543 nafar isyonkorlarning qölga olingani töğrisida xabar qilgandi. Ularning 100 nafari politsiya xodimi, 6038 nafari harbiy xizmatçi, 755 nafari sudya va prokuror, 650 nafari oddiy xalq vakili bölgan.