O‘qish boshlanishiga hali ancha vaqt bordek tuyuladi, lekin aynan hozir o‘quv qurollarini olish uchun eng qulay vaqt.
Birinchidan hali talab ko‘p emasdek, demak navbatlar ham yo‘q. Undan tashqari, maktabdan oldin sizda juda ko‘p qo‘shimcha xarajatlar bo‘ladi, shuning uchun asta-sekinlik bilan harakatni boshlash tavsiya etiladi.
Farzandingiz qaysi maktabga borishiga qarab tanlovda adashmaslik uchun oldindan maktab uchun jihozlar ro‘yxatini tuzish kerak bo‘ladi.
Biz sizga o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan taxminiy ro‘yxatni taklif qilamiz:
1. Ryukzak: Boshlang‘ich narx - 85 900 so‘m;
2. Penal: Boshlang‘ich narx - 7900 so‘m;
3. Ruchka: Boshlang‘ich narx - 300 so‘m
(Qancha olish kerak: 1-4 sinf uchun 5-6 dona ko‘k-siyohrang ruchka va 2 dona yashil, 5-11 sinf uchun 7-8 dona ko‘k-siyohrangli ruchka);
4. Korrektor: Boshlang‘ich narx - 2900 so‘m
(Qancha olish kerak: 1 dona);
5. Oddiy qalam: Boshlang‘ich narx - 600 so‘m
(Qancha olish kerak: 8-10 dona, qattiqligi har xilidan);
6. O‘chirg‘ich : Boshlang‘ich narx - 700 so‘m);
(Qancha olish kerak: 2-3 dona);
7. Qalam uchqurlagich: Boshlang‘ich narx - 1200 so‘m)
(Qancha olish kerak: 2-3 dona);
8. Chizgich: Boshlang‘ich narx - 1600 so‘m
(Qancha olish kerak: 2 dona 15 sm, 1 dona 25-30 sm);
9. Kundalik daftar: Boshlang‘ich narx - 1500 so‘m;
10. Daftar, 12 varaqli: Narxi - 275 so‘m
(Qancha olish kerak: 1 sinf uchun 20 dona katak chiziqli , 10 dona bir qiyshiq chiziqli, 5 dona bir chiziqli, 2-4 sinf uchun 20 dona katak, 20 dona bir chiziqli, 5-7 sinf uchun 15 dona katak, 15 dona bir chiziqli, 8-11 sinf uchun 5-10 dona katak, 5-10 dona bir chiziqli);
11. Daftar, 48 varaqli: Boshlang‘ich narx - 1170 so‘m
(Qancha olish kerak: 1-4 sinf uchun, o‘qituvchi aytganiga qarab, 5-11 sinf uchun 1-2 tadan har bir fan uchun 2-3 dona ortig‘i bilan)
12. Daftar uchun qoplama: Boshlang‘ich narx - 300 so‘m








