Özbekiston prezidenti 10-noyabr kuni “Inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” farmon imzoladi.

Farmon bilan bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantiriş böyiça milliy dasturning quyidagi asosiy yönalişlari belgilandi:

  • 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan töliq qamrab oliş;
  • nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarini taşkil etiş böyiça amaldagi imtiyozlarni saqlab qoliş va ularning samaradorligini baholaş;
  • barça umumtaʼlim maktablarini bosqiçma-bosqiç xalqaro baholaş dasturlari bilan qamrab oliş;
  • texnikumlarda xalqaro taʼlim standartlarini joriy etiş va yoşlarni yuqori daromadli kasblarga öqitiş;
  • kamida 10 ta oliy taʼlim taşkilotini nufuzli xalqaro reytinglarining top-1000 talik röyxatiga kiritiş;
  • 10 million nafar yoşni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb qiliş;
  • özbek tilining raqamli muhitda ilm-fan va texnologiyalar tili sifatidagi mavqeyini mustahkamlaş.

Farmon ilovasida keltirilişiça, 6 yoşli bolalarning bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan qamrovini 100 foizga yetkaziş maqsadiga 2027-yilda erişiş közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, “Taʼlim töğrisida”gi qonunga asosan, 6 yoşdan 7 yoşgaça bölgan bolalarni bir yil davomida umumiy örta taʼlimga tayyorlaş majburiy deb belgilangan. Tayyorlov maktabgaça taʼlim tizimi doirasida (boğçalarda) amalga oşiriladi.

Kamida 10 ta oliygohni nufuzli xalqaro reytinglarda top-1000 talikka kiritiş esa 2030-yilga maqsad qilingan.