DW’ning yozişiça, Zaporijjya viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Mixail Semikin 2-noyabr kuni hujum oqibatlari haqida maʼlum qilgan.

Uning sözlariga köra, Rossiya harbiylari Zaporijjya şahridan janubi-şarqda joylaşgan Kamişevaxa markaziga kamida töqqizta FAB-3000 boşqariluvçi aviabombasi bilan zarba bergan.

Semikin halok bölganlar xotirasiga 3-noyabrni motam kuni deb eʼlon qilgan.

Qutqaruvçilar va politsiya xodimlari ham halok bölgan

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati qurbonlar orasida ikki qutqaruvçi va tört politsiya xodimi borligini bildirgan. Yana beş kişi jarohatlangan, ularning ikki nafari ham qutqaruvçilardir.

Idora rahbari Andrey Danikning maʼlum qilişiça, zarbalar oqibatida sport zali va xöjalik binosi vayron bölgan. Taʼlim muassasasi binosi şikastlangan, yonğin-qutqaruv avtomobili esa yöq qilingan.

Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.

Kiev odamlar yaşiringan boşpanaga ham zarba berilganini bildirdi

Ukraina boş vaziri Sergey Koretskiyning maʼlum qilişiça, Rossiya harbiylari ertalab gumanitar yordam tarqatilayotgan maktabga aviabombalar taşlagan.

Uning Telegram’da yozişiça, odamlar boşpanaga yaşiringanidan keyin yana zarba berilgan - bu safar boşpanaga yana töqqizta aviabomba taşlangan.

Koretskiy takroriy hujum xavfi voqea joyida odamlarni qidiriş va qutqariş işlarini qiyinlaştirayotganini taʼkidlagan.

Zelenskiy dunyoni qatʼiy javob berişga çaqirdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kamişevaxaga zarbalarni «Rossiya keskinlikni pasaytirişni ham, haqiqiy adolatni ham istamayotganining yana bir isboti» deb atagan.

Uning taʼkidlaşiça, zarba gumanitar maqsadlarda foydalanilayotgan maktabga berilgan. Binoda aholiga yordam tarqatilgan va Rossiya harbiylari «buni bilmasligi mumkin emas edi», degan Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Oleşkidagi gumanitar operatsiyadan keyin tinçlikka yaqinlaşiş mumkinligini körsatadigan navbatdagi qadamlar uçun imkoniyat paydo bölganini aytgan. Uning fikriça, Kamişevaxaga hujum buning aksiga işora qilmoqda.