Turkiya poytaxti politsiya mahkamasi 900 nafar huquq posbonini vaqtinçalik işdan böşatdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. Ular, 16 iyul kungi voqealarni taşkil etganlikda gumon qilinyotgan Fathulloh Gulen taşkilotiga aloqador bölişi mumkin.

Umuman, Turkiya xavfsizlik xizmati davlat töntarişini uyuştirişda ayblab, 9332 kişini qölga olgan. Ularning orasida, prezidentning ikki ad'yutanti, Turkiya din işlari boşqarmasining 492 xodimi, 100 nafar politsiyaçi, 6038 harbiy xizmatçi, 755 nafar hakam va prokuror, Boş vazir devonxonasining 250 xodimi hamda 650 fuqaro qölga olingan. 

Bundan taşqari, Hurriyet gazetasiga köra, Vazirlar Mahkamasi, IIV, Ta'lim böyiça Oliy kengaş, Ta'lim vazirligi, Milliy razvedka boşqarmasi, Din işlari böyiça boş boşqarma, Oila va ijtimoiy siyosat vazirligi, Moliya vazirligi va energetika bozorlarini nazorat qiliş departamenti kabi davlat tuzilmalarining 28 ming 321 nafar xodimi işdan böşatilgan. Ta'lim vazirligi qoşidagi xususiy ta'lim muassasalari 21 ming xodimining lavozimi pasaytirilgan.