Turkiya boş vaziri Binali Yildirim prezident gvardiyasi mamlakatda davlat töntaruviga urinişdan keyin tarqatib yuborilişini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Prezident gvardiyasi boşqa bölmaydi, bizda unga zaruriyat yöq", deb ma'lum qildi boş vazir televideniye efirida.
Ta'kidlanişiça, töntaruv sababli gvardiyaning 300 jangçisi hibsga olingandi.
Ayni vaqtda Turkiya davlat apparatidagi ommaviy tozalaşlarda turli tuzilmalarda işlovçi 45 mingga yaqin davlat xizmatçisi öz işidan çetlatildi.
Boş vazir mamlakat hukumati favqulodda vaziyat tartibini belgilangan 3 oydan keyin uzaytirişni rejalaştirmayotganini, biroq zaruriyat bölsa, bu imkoniyat körib çiqilişini aytdi.











