Turkiyada ölim jazosi kiritilişi böyiça qaror umumxalq referendumi natijasida qabul qilinişi mumkin. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu Frankfurter Allgemeine Zeitung nemis gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Vazirning ta'kidlaşiça, bu jazoning kiritilişi masalasi jiddiy bölib, bu holda "vaziyatdan ta'sirlanib" harakat qiliş nomaqbuldir.
Çovuşöğluning aytişiça, Turkiyadagi yetakçi Adolat va taraqqiyot partiyasi ölim jazosi kiritilmasa odamlar boşqa partiya uçun ovoz bermasliklari aytilgan minglab xabarlar olmoqda. Vazirning fikriça, partiya katta jamoatçilik bosimi ostida turibdi va şuning uçun Yevropa Ittifoqi Turkiyaga bu masalada pand-nasihat bermasligi kerak.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi agar Turkiya ölim jazosini qaytarsa, uning ittifoqqa kirişi böyiça muzokaralarni töxtatişi ma'lum qilingandi.











