Har bir ota-ona farzandining eng yaxşi, eng aqlli va eng baxtli bölişini istaydi. Bolaning soğlom, aqlli, xotirjam bölişini hamda tezroq rivojlanişini xohlasangiz, unda uşbu maqola sizlar uçun.
Siz farzandingizni köçadan, ziyofatlardan, konsertlardan erta çaqirib olib, ularni tezroq uxlaşga yotqizadigan ota-onalar sirasiga kirasizmi? Ehtimol, atrofdagilar sizga “Nima uçun bolani öz holiga qöymaysan?”, “Namunça erta olib ketding?” qabilida savollar berişar. Bunga e'tibor bermay, qat'iy javob bering: “Şunday bölişi kerak”.
Nima uçun degan savollarga olimlar aniq javobni berişdi: ularning fikriça, bolani öz vaqtida uxlaşga yotqiziş köplab ustunliklarga ega.
Agar bolalarni ertaroq uxlaşga yotqizilsa, bu ularning jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanişi uçun foydali bölar ekan.
Bunday kun tartibi ota-onalarga ham yoqib tuşişi, şubhasiz. Bolalarni uxlatib, divanga ötirib, birorta özingizga yoqqan filmni tomoşa qilişning ham gaşti bor, axir.
Uxlaşga erta yotqizişning ustunliklari haqida söz yuritişdan avval quyidagilarga diqqat qiliş kerak:
1. Ba'zi oilalarga bunday kun tartibi mutlaqo töğri kelmaydi.
2. Bunday kun tartibiga majburlaş notöğri, çunki har bir ota-ona qanday yöl tutsa, farzandiga yaxşiroq bölişini biladi.
Kun tartibini özgartirişning nima keragi bor

Eng avvalo şuni ta'kidlaş joizki, aksariyat bolalar yetarliça uxlaşmaydi. AQŞda ötkazilgan sörovnomaga köra, 11 yoşgaça bölgan bolalarning 30 foizi hamda ösmirlarning yarmidan köpi keragidan kamroq uxlaşar ekan. Ertaroq yotişni tavsiya qiluvçi ekspertlarni esa heç kim eşitgisi kelmaydi.
Tadqiqotlarning körsatişiça, farzandingizning uxlaşga yotadigan vaqti uyquning davomiyligi bilan uzviy boğliq. Bu oddiy boğliqlik emas. Agar bola 20 daqiqaga ertaroq uxlaşga yotsa, bu uning 20 daqiqa köproq uxlaşidan dalolat bermaydi. Yöq, keç uxlaşga yotadigan bolalarning uyquga ketişi qiyin böladi hamda yarim keçasi uyğonib ketişadi, bu esa uyquning yetişmovçiligini kafolatlaydi.
Tadqiqotçilar 7-11 yoşli bolalarning ota-onalaridan farzandlarini beş kun davomida bir soatga ertaroq uxlaşga yotqizişni söraşganida, ularning örtaça 27 daqiqa köproq uxlaşgani ma'lum bölgan.




