2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekiston fuqarolari özini Rossiyada qoçqin deb tan oliş töğrisida 43 ta iltimosnoma topşirdi. Uşbu körsatkiç böyiça Özbekiston fuqarolari 52 ta ariza topşirgan Ukrainadan keyin ikkinçi örinni egalladi. Bu haqda «RIA Novosti» ixtiyorida bölgan Rossiya IIV maʼlumotlari dalolat bermoqda.
Yilning dastlabki töqqiz oyida Rossiya rasmiylari xorijiy fuqarolardan jami 193 ta şunday iltimosnoma qabul qilgan. Fuqarolari qoçqin maqomini sörab murojaat qilgan davlatlar qatorida Tojikiston (21 ta ariza), Belarus, Suriya va Qozoğiston ham bor.
2022-yildan 2026-yilning sentabriga qadar Rossiyada qoçqin deb tan olinişi uçun 69 nafar Özbekiston fuqarosi ariza bergan. Uşbu körsatkiç böyiça respublika Afğoniston (332), Suriya (301) va Ukrainadan (158) keyin törtinçi örinni egalladi.








