Vengriyaning sobiq boş vaziri Viktor Orbanning ukasi Aron Orban çegaradan odamlarni noqonuniy olib ötiş işi böyiça qölga olindi, deb xabar bermoqda Vengriya ommaviy axborot vositalari. Mamlakatning amaldagi boş vaziri Peter Mojar ham bu xabarga eʼtibor qaratdi.
«Matbuotdagi xabarlarga köra, Viktor Orbanning ukasi Aron Orban odamlarni çegaradan noqonuniy ötkazişda gumonlanib hibsga olingan. Aktivlarni qaytariş va himoya qiliş milliy boşqarmasi hamda Milliy tergov byurosi tergov olib bormoqda», – deb yozdi Mojar Facebook’dagi sahifasida.
Mojar öz xabarida akasi Marton Mojarga tegişli bölgan Kontroll naşrining feysbukdagi sahifasida çiqqan postga havola bergan. Bu postda Orbanning ukasi ham hibsga olinganlar orasida bölişi mumkinligi aytilgan. Şu bilan birga, Kontroll saytidagi xabarda Orbanning ukasi tilga olinmagan.
Aron Orbanning hibsga olingani rasman tasdiqlanmagan. Vengriya Milliy politsiyasi boş boşqarmasi odamlarni noqonuniy olib ötiş böyiça tergov doirasida Budapeşt va yana ikkita aholi punktida tintuvlar olib borilayotganini maʼlum qildi. Bir neça kişi hibsga olingan, ammo ular orasida Aron Orban ham bor-yöqligiga aniqlik kiritilmagan. Politsiya kunning ikkinçi yarmida batafsil maʼlumot berişni vaʼda qilgan.
9-noyabr kuni ertalab Aron Orbanning kompaniyasiga tegişli uyda tintuv ötkazildi, deb xabar bermoqda Telex öz manbalariga tayanib. Naşr suhbatdoşlari Aron Orban hibsga olingan yoki olinmaganini aniq bilmasligini aytişgan.
Bir yil oldin Telex sobiq boş vazirning akasi Vetnam fuqarolariga noqonuniy viza beriş sxemasida iştirok etgani haqidagi suriştiruv eʼlon qilgandi.
Viktor Orban tintuvlar haqidagi xabarlarga izoh berdi. U sodir bölayotgan voqealarni siyosiy qatağon deb atadi. «Nişon – menman, ukam esa şunçaki vosita», – degan siyosatçi.
Viktor Orban 16 yil mobaynida Vengriya boş vaziri bölgan. 2026-yil aprelida bölib ötgan parlament saylovlarida esa uning boşqaruvidagi «Fides» partiyasi mağlub böldi. Parlamentda köpçilik örinlarni «Tisa» partiyasi qölga kiritdi, uning yetakçisi Peter Mojar esa hukumat boşqaruviga keldi.








