«Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar Qoraqalpoğiston Respublikasini 2027-yilda yuqori va barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirişning asosiy maqsadlari etib belgilandi:
yalpi hududiy mahsulot hajmi 108 foizga, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş – 107 foizga, bozor xizmatlari – 117 foizga, qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş – 105 foizga, quriliş işlari – 113 foizga ösişini taʼminlaş;
eksport hajmini 550 mln AQŞ dollariga, jami investitsiyalar hajmini 2 baravarga oşirib 5 mlrd AQŞ dollariga yetkaziş;
1-bosqiçda past daromadli 125 ming oiladagi 513 ming aholini yuqori daromadli iş örinlariga joylaştiriş va boşqalar.
Qarorga köra, Nukus şahrida Jolşilar mahallasi Aşşiköl hududidagi 270 gektar maydonda 50 ming aholiga möljallangan ilğor arxitektura yeçimi va energiya tejamkor texnologiyalar asosida «Nukus city» barpo etiladi.
Bunda:
Yangi Toşkent loyihasi böyiça tajribalardan kelib çiqib, xorijiy taşkilotlarning tavsiyalari asosida ilğor va kreativ boş reja işlab çiqiş hamda arxitekturaviy yeçimlar qöllanadi;
«Smart city» yeçimlarini qamrab olgan zamonaviy köp kvartirali turar joylar, savdo va biznes markazlari, mehmonxonalar, parklar, yaşil hududlar, favvoralar, sport maydonçalari, ijtimoiy soha muassasalari va boşqa obyektlarni joylaştiriladi.







