Rio-2016 doirasida 49 kilogrammgaça bölgan boksçilar örtasidagi turnir finaliga yöl olgan özbekistonlik boksçi Hasanboy Döstmatov bugun Toşkent vaqti bilan soat 22:15da kolumbiyalik Yuberxen Martinez Rivasga qarşi ringga kötariladi.

Döstmatov 2000 yilgi Sidney Olimpiadasi çempioni Muhammadqodir Abdullayevdan keyin Olimpiada öyinlarining final bosqiçiga çiqqan özbekistonlik birinçi boksçi böldi.

Döstmatov Olimpiadadagi ilk jangini meksikalik Xoselito Velaskesga qarşi ötkazib, 3:0 hisobida ğalaba qozongandi.

U 1/8 finalda meksikalik Xoselito Velaskesni, 1/4 finalda qozoğistonlik Birjan Jakipovni ham 3:0 hisoblarida yengdi. 

Döstmatovning 1/2 finaldagi raqibi amerikalik Fernandes Niko Anxel böldi va bu jang ham "özbek Pakyaosi"ning töla ustunligi ostida ötib, u finalga çiqdi.

Kolumbiyalik sportçi iştirokini 1/16 finalda boşlagandi. U avvaliga braziliyalik Patrik Lourensoni turnirdan çiqarib yubordi. 1/8 finalda esa filippinlik Rojyen Ladon ustidan ham 3:0 hisobida zafar quçdi.

1/8 finalda Martines Rivas ispaniyalik boksçi Samuel Kamrona Erediyani 2:1 hisobida mağlub etgan bölsa, 1/2 finalda kubalik Xoanis Arxilagosni şu hisob bilan yengdi.