Ozarbayjon poytaxti Bokuda boks böyiça xalqaro musobaqa bölib ötmoqda. Unda qatnaşayotgan özbekistonlik Olimpiada çempioni Hasanboy Dösmatov bugun yarim final jangida ringga çiqişi kerak edi. Biroq -52kg vazn toifasida ringga kötarilişi kerak bölgan Dösmatov jarohati sabab yarim final jangida qatnaşmaydigan böldi.
Spors.uz naşrining xabar berişiça, Dösmatov qoşidan olgan jarohati sabab yarim finalda jang qilmaydi va uning raqibi qozoğistonlik Oljas Bayniyazovga texnik ğalaba yoziladigan böldi.












