Afğoniston poytaxti Kobuldagi Amerika elçixonasi oldida amalga oşirilgan qöporuvçilik harakati oqibatida 3 kişi jabrlangan, deb xabar qilmoqda «Sinxua» axborot agentligi.
Norasmiy ma'lumotlarga köra, Afğoniston mudofaa vazirligi rahbar xodimlaridan birining maşinasiga joylangan portlovçi qurilma harakatga keltirilgan.

Bundan avval, uşbu voqeada halok bölganlar va yaralanganlar haqida ma'lumot yöqligi xabar qilingandi.










