Bugun Rio-Olimpiadasining boks böyiça musobaqasida birinçi final bahsi ötkazildi. 14 avgust Özbekiston sporti tarixiga kiradigan kun böldi.

49 kilogrammgaça bölgan sportçilar örtasidagi turnirda özbekistonlik Hasanboy Döstmatov Kolumbiya vakili Yuberxen Martines Rivasga qarşi ringga çiqdi.

Jang özbekistonlik boksçining töliq ustunligida ötdi va hakamlar yakunda Hasanboy Döstmatovga ğalaba berişdi. Yakuniy baho - 3:0 — 29:28, 30:27, 30:27.

Bu esa Özbekiston delegatsiyasiga Rio-2016 olimpiadasidagi ilk oltin medalni olib keldi.

Döstmatov özi orzu qilgani kabi Muhammadqodir Abdullayevning natijasini takrorladi. 2000 yildan buyon ilk marta Özbekiston boks terma jamoasi oltin medalga ega böldi. Olimpiadalarda boks böyiça birinçi va oxirgi oltin medalni özbekistonlik sportçi 16 yil avval — Sidney Olimpiadasida olgandi. Öşanda Andijon sport maktabi vakili Muhammadqodir Abdullayev Özbekistonga oltin medal olib qaytgandi.

49 kilogarmmgaça vazn toifasida kumuş medal Martinezga, bronza medallar esa amerikalik Migel Ernandes va kubalik Argilagosga topşirildi.

Hasanboy Döstmatov hal qiluvçi finalga qadar 3 nafar raqibining har birini uçta raund natijasiga köra mağlub etişga muvaffaq bölgandi. Bular: meksikalik Xoselito Velaskes, qozoğistonlik Birjan Jakipov va amerikalik Niko Ernandes.

Andijondan surat. Çempionni tarbiya qilgan insonlar