Rossiyaning Tatariston respublikasi fuqarosi, tezlikni oşirganlik uçun jarima tölaş töğrisida ogohlantiriş maktubini oldi, deb xabar qilmoqda  RIA «Novosti». Voqeaning ğaroyibligi şundaki, jarima yozilgan maşina «tezlikni me'yoridan oşirgan» vaqtda evakuatorda olib ketilayotgan bölgan.

Uşbu maktubning suratini mahalliy fuqaro özining Instagramdagi sahifasiga joylaştirgan. Maktubda ta'kidlanişiça, uning avtomobili belgilangan me'yor 60km/soat bölişiga qaramay, soatiga 82 km tezlikda harakatlangan. Ammo, DAN qaroriga ilova qilingan suratda, maşinaning evakuator ustida turgani yaqqol körinib turibdi. 

Tatariston davlat yöl harakati xavfsizligi inspeksiyasi, jarima bekor qilinganini ma'lum qilib, bunday hodisa qanday röy berganiga izoh bera olmagan. 

Hozirgi vaqtda, Hyundai egasiga yozilgan jarima bekor qilingan. Çunki, u avtohalokat joyidan Hyundai maşinasini olib ketişi uçun xususiy evakuatorni çaqirgan. Şunga köra, aslida ayni evakuator belgilangan tezlikni oşirgani ma'lum böladi. Endilikda, evakuator haydovçisiga jarima soliş böyiça çoralar körilmoqda. 

Yöl harakati inspeksiyasi vakilining söziga köra, yöllardagi qonunbuzarliklarni qayd qiluvçi «Kordon» tizimi jarimani evakuator raqamiga yozişi kerak bölgan. Ammo, dastur xatolikka yöl qöygan.