23 yoşli Hasanboy Döstmatov Rio-de-Janeyrodagi olimpiadada çempionga aylanib, Özbekiston sportining yangi erasini oçib berganlardan biri böldi.

Ayni vaqtda butun Özbekiston ahli özbek sportining yangi qahramonini alqamoqda. Hali navqiron bu yigit yorqin kelajakdan mujdalar bermoqda. U çempion sifatidagi ilk intervyusida ham 4 yildan keyingi Tokio olimpiadasida vatan şarafini munosib himoya etişga va'da qildi.

Unga oltin medal yaraşdi.

Hasanboy Döstmatov 1993 yilning 24 iyunida Andijon viloyati, Buloqboşi tumanida otasi Ma'rufjon Hayitboyev va Dilnozaxon Hayitboyeva oilasida dunyoga kelgan. U sportdagi ilk muvaffaqiyatiga 2009 yilda erişgan. U öşa yili Qozoğistondagi xotira turnirida çempionlikka erişgan. 2011 yilda esa 49 kilogrammgaça vazn toifasida Özbekiston çempioni bölgan.

U Buloqboşi tumanidagi Dölan qişloğida ota-onasi bilan istiqomat qiladi. Qahramonimiz sport kollejini bitirganidan keyin Andijon Davlat universitetiga öqişga kiradi. Ayni vaqtda u universitetning magistratura bosqiçi 1-kurs talabasi.

Sayt muxbiri bilan onlayn suhbat çoğida şu ayonlaşdiki, u bir sözli, dangal, yolğonni xuşlamas, şu bilan birga öta samimiy haqiqiy özbek yigiti. Undan sportdan boşqa qiziqişlari haqida söralganida oçiqçasiga bunday qiziqişlar mavjud emasligini bayon qildi. Şu bilan birga Play Station öynab turişini qöşimça qildi.

Olimpiada çempionining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga sayr qilgudek bölsangiz, uning yetarliça yumorga boy ekaniga guvoh böliş mumkin. ( hasanboydusmatov )

U bolalar bilan muomila qilişga uquvli

 Hasanboy va uning döstlari

Hasanboy va uning jamoadoşlari. Rio-de-Janeyro.

Çempion va bölajak çempionlar

Qahramonimiz qiziq sarguzaştlardan tap tortmaydi

Sportçi Şarq xalqlari madaniyati bilan tanişiş çoğida

Hasanboy tabiat farzandi

U balki kelgusida vatan şarafini xalqaro maydonlarda boşqa sport turi böyiça ham şaraflab çiqar..

Yana masalan, ot sporti böyiça

 Sport kuçli boksçiga ega bölgani holda, san'at bir iste'doddan ayrilgan :)

Diqqat qiling, u "Barselona"ning aşaddiy muxlisi

 Messiyu Remsi Hasanboyga taqlid qilganmi?

Uning telegramdagi akkauntiga joylaştirilgan suratlardan biri