Rossiyaning Beloyarskiy şahrida ötayotgan boks böyiça «Neftga ega mamlakatlar kubogi» musobaqasi bölib ötdi. Özbekistonlik boksçilar mazkur musobaqada muvaffaqiyatli iştirok etişdi.

Asosiy faoliyati davomida 49 kilogramm vazn toifasida ringga tuşib kelayotgan Hasanboy Döstmatov turnirda özi uçun nisbatan oğir bölgan 52 kilogramm vaznda ğolib böldi.

U taşkilotçilar tomonidan «Musobaqaning eng yaxşi boksçisi» deya tan olindi.

Sportçi bilan boğlanib, uning keyingi musobaqalarda öz vazniga qaytişi yoki faoliyatini öz uçun yangi bölgan oğirlikda davom ettirişi bilan qiziqdik.

«52 kg vaznda ham ğoliblikni qölga kiritganimdan xursandman. Töğrisi, biroz qiyin bölgani rost. Lekin, navbatdagi asosiy musobaqalarda yana özim uçun qadrdon bölgan 49 kilogramm vaznga qaytaman. Endi yurtimizga qaytgaç, biroz dam olib, keyingi yilning asosiy turniri - Indoneziyaning Jakarta şahri bölib ötadigan XVIII yozgi Osiyo öyinlariga tayyorgarlikni boşlaymiz»,- deydi Hasanboy Döstmatov KUN.UZ muxbiriga.

Eslatib ötamiz, boks böyiça Özbekiston terma jamoasi Rossiyaning Beloyarsk şahrida bölib ötgan «Neft mamlakatlari kubogi» musobaqasida 1ta oltin, 3 kumuş medal bilan 13 mamlakat içida (130dan ortiq sportçilar) umumjamoa hisobida mezbonlar Rossiya terma jamoasidan (8 oltin, 7 kumuş, 13 bronza) söng 2-örinni qölga kiritdi. Qozoğiston terma jamoasi esa 1 oltin, 1 kumuş, 2 bronza medali bilan 3-poğonani band etdi.