Turkiya politsiyasi mamlakatning Van şahrida amalga oşirilgan teraktni taşkillaştirişda gumon qilib, bir kişini qölga oldi. Öşa teraktda uç kişi halok bölgan edi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, qidiruv işlarida vertolyot va zirhli maşinalar iştirok etgan. Portlaş taşkilotçisi qölga olinganida oğir yarador bölgan. Ayni damda uni politsiya uçastkasiga yetkazişgan.
Turkiya hukumati uşbu hujumni terakt deb baholagan. Sönggi ma'lumotlarga köra, politsiya uçastkasi yonida portlatilgan avtomobil natijasida uç kişi halok bölgan, 40 kişi yaralangan. Hukumat bu işni Kurdiston işçi partiyasi amalga oşirgan, deya ma'lum qilgan.











