Peterburgda Rossiya armiyasi polkovnigi avtomobiliga örnatilgan portlovçi qurilma masofadan turib harakatga keltirilişi oqibatida halok böldi. Hodisa Kolpinskiy şossesidagi Şuşarida (Puşkin rayoni) röy bergan.

«Fontanka» naşri yozişiça, portlovçi qurilma avtomobilning ostki qismiga joylaştirilgan. Portlaş polkovnik hovlidan çiqib, maşinaga ötirayotgan vaqtda röy bergan. Uning ismi-şarifi oçiqlanmayapti.

Manbalarga köra, maşinada polkovnikdan taşqari uning oila aʼzolaridan biri ham bölgan, u jarohatlangan holda şifoxonaga yetkazilgan.

Kolpinskiy şossesining portlaş röy bergan qismida harakat töxtatilgan.

Manbalarda halok bölgan harbiy şaxsi böyiça ikki xil maʼlumot tarqalmoqda. Xabarlarga köra, portlaş qurboni bölgan şaxs 6-Harbiy-havo kuçlari va havo hujumidan mudofaa armiyasi qömondonining harbiy-siyosiy işlar böyiça örinbosari Andrey Xodikin yoki 6-armiya boş şturmani Dmitriy Lobodin bölişi mumkin. Ularning ikkisi ham portlaş röy bergan hudud yaqinida yaşaydi.

Rossiya tergov qömitasi röy bergan hodisani tasdiqladi.

«Tergov organlari tomonidan Puşkin rayonida avtomobil portlaşi oqibatida harbiy xizmatçi öldirilişi yuzasidan jinoiy iş qözğatildi», – deyiladi bayonotda.

«Fontanka» maʼlumotiga köra, polkovnikning maşinasiga bombani Peterburgda yaşovçi 31 şaxs örnatgan. Gumonlanuvçi portlaşdan ikki soat ötib Pulkovo aeroportidan Turkiyaga uçib ketgan.

Rossiya kuçişlatar tuzilmalari turkiyalik hamkasblari bilan boğlangan, ammo u allaqaçon Turkiyani ham tark etgani maʼlum qilingan.

Bu Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi davomida Rossiya şaharlarida sodir etilgan portlaşlar oqibatida yuqori martabali harbiylar halok bölişi bilan boğliq navbatdagi holat bölmoqda.

  • Şu yil 27-avgust kuni ham Kolpinskiy şossesida içida podpolkovnik va uning rafiqasi bölgan avtomobil portlab ketgandi. Hodisa oqibatida harbiy halok bölgan, rafiqasi omon qolgan. Öşa holatda ham avtomobilning ostki qismiga portlovçi qurilma joylaştirilgani maʼlum bölgandi. «Fontanka» öz manbasiga tayanib, avtomobilga portlovçi qurilmani örnatişda 24 yoşli rossiyalik ayol gumonlanayotgani, u portlaşdan keyin Turkiyaga çiqib ketgani haqida xabar bergan. Huquq-tartibot organlari tergov jarayoni yuzasidan rasmiy maʼlumot bermagan, halok bölgan harbiy xizmatçining şaxsi va boşqa tafsilotlar oçiqlanmagan.