Yaponiyaning şarqiy hududlariga hamda Xonsyu orolidagi Kanto viloyatiga "Mindul" töfoni tufayli 400dan ortiq aviareysni bekor qilişga töğri keldi. Jumladan, Tokiodagi "Xaneda" aeroportida uçişlarni amalga oşirişning imkoni bölmagan.
Taqvimdagi özgarişlar jami 49 ming kişining harakatlanişiga ta'sir körsatgan.
Bundan taşqari, Tokio tumani va Tokay viloyatida temir yöl faoliyatida uzilişlar yuzaga kelgan. Mahalliy naşrlarning qayd etişiça, keyingi 11 yil içida ilk marta Kantoga tayfun yetib keldi.
Yaponiya meteorologiya agentligi ma'lumotiga köra, "Mindal" töfoni markazida şamol tezligi soatiga 180 kilometrni taşkil qilmoqda. Meteorologlar suv toşqini va köçkilar bölişidan ogohlantirmoqda.
23 avgust kuni Yaponiya şimolidagi Xokkaydo oroliga yana bir tayfun bostirib kelişi kutilmoqda. Bundan taşqari, 25 avgust kuni Yaponiya janubi-ğarbida "Rayonrok" tayfuni boşlanib, Okinava hamda Kyusyu oroli janubiga tahdid solişi mumkin.












