Yaponiya şimoli-şarqida Mindulle töfoni xavfi tufayli 10 mingdan ziyod kişi köçirildi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.

Töfon Tokioning okean tarafi va unga yondoş tumanlarga yaqinlaşgan va kuçli yomğir, dengizda böron turişi va kuçli şamol olib kelgan. Daryolar toşgan, köçki xavfi paydo bölgan. Bir kişi halok bölgan, 60 dan ziyod kişi jabrlangan. 

NHK ma'lumotlariga köra, töfon Xokkaydo oroliga yetib borgan va u yerda yaşovçi 10 157 kişi öz uyini taşlab çiqişga majbur bölgan. 23 avgust tong saharda Xokkaydoning janubiy qirğoqlariga yaqinlaşgan töfon köçki keltirib çiqargan.

Telekanalning xabar berişiça, töfon oqibatida Tokio va Tibadagi 62 ta uy vayron bölgan.