Yaponiyaning Nagoya şahrida Aiti prefekturasi siyosiy va işbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakili iştirokida Toşkent viloyati bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Tadbir Özbekistonning Yaponiyadagi elçixonasi tomonidan SYS Holdings kompaniyasi bilan hamkorlikda taşkil etildi.

Unda Yaponiya parlamenti deputati Takako Sudzuki, Aiti prefekturasi vitse-gubernatori Yukio Eguti, prefekturaning sobiq gubernatori Masaaki Kanda, mahalliy hokimiyat, moliya institutlari va yirik kompaniyalar rahbarlari qatnaşdi.

Xususan, Sumitomo Mitsui Banking Corporation, SMBC Nikko Securities, Hyakugo Bank, TOPPAN, Itochu Techno-Solutions, Fuji Dream Airlines va Kaikoukai kabi kompaniyalar vakillari iştirok etdi.

Uçraşuvda Toşkent viloyati hokimi örinbosari Jahongir Mamajonov hududning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini taqdim etdi. U yaponiyalik tadbirkorlarni sanoat kooperatsiyasi va qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşirişga taklif qildi.

Yaponiya parlamenti deputati Takako Sudzuki Özbekistonda olib borilayotgan islohotlar va iqtisodiy rivojlanişni yuqori baholadi. Uning taʼkidlaşiça, bu jarayonlar yapon biznesi uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Sudzuki Aiti prefekturasi tadbirkorlarini Toşkent viloyati bilan hamkorlikni faollaştirişga çaqirdi.

Uçraşuv davomida özbekistonlik IT mutaxassislarni Yaponiyada işga joylaştiriş masalasi ham muhokama qilindi

Jumladan, AIGA kompaniyasi rahbariyati bilan IT kadrlarini tayyorlaş va işga joylaştiriş böyiça muzokaralar ötkazildi.

Kompaniya özbekistonlik IT sohasida işlaş istagidagi nomzodlar va yoş mutaxassislarni Yaponiyaga işga qabul qilişga tayyorligini maʼlum qildi. Şuningdek, 2027-yilda Özbekistonga taşrif buyuriş rejasi bildirildi.

Tadbirda Özbekiston va Yaponiya xalqlari örtasidagi tarixiy aloqalar ham tilga olindi. Xususan, yapon harbiy asirlarining Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat akademik katta teatri qurilişidagi iştiroki va özbek xalqining yapon qabristonlariga körsatayotgan hurmati alohida eʼtirof etildi.