Migratsiya agentligi Yaponiyaning M&K, Yo’l Japan LLC kompaniyalari va Kanazawa Professional University of Food Management vakillari bilan oşpazlik sohasida malakali mutaxassislar tayyorlaş va işga joylaştiriş masalalarini muhokama qildi.

Xabar qilinişiça, muzokaralar natijasida dastlabki bosqiçda 40 nafar Özbekiston fuqarosini Yaponiya standartlari asosida tayyorlaş böyiça kelişuvga erişildi.

Dastur ikki bosqiçda taşkil etilişi rejalaştirilgan.

Dastlab 6 oy Özbekistonda - « INTIL» markazi va Böstonliq tumanidagi kasbiy taʼlim muassasasi imkoniyatlaridan foydalanib, yapon tili hamda oşpazlik kasbiga öqitiladi.

Söngra 1 yil Yaponiyada kasbiy taʼlimni davom ettiriş bilan birga mehnat faoliyati olib boriladi.

Iştirokçilar Yaponiyada davlat tomonidan eʼtirof etilgan oşpazlik litsenziyasini olişga tayyorlanadi.

“Tegişli talablarni bajargan va litsenziya olgan mutaxassislar dunyo böylab Yaponiya restoranlarida işlaş imkoniyatiga ega böladi”, deyiladi xabarda.

Agentlik röyxatdan ötiş tartibi tasdiqlangaç, qöşimça maʼlumot berilişini bildirgan.