Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dayjyest: Janubiy Koreyada vabo, Bill Geytsning rekord boyligi, yangi Volkswagen 7, Rossiya paralimpiyachilarining chetlatilishi
Yakunlanib borayotgan 23 avgust O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Bayram oldi kuchaytirilgan xavfsizlik

O‘zbekistonda Mustaqillik kuni arafasida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar kuchaytiriladi.
>>> Batafsil.
Angren-Pop temir yo‘lida ilk harakat

11 iyuldan boshlab yangi «Angren-Pop» temir yo‘l tarmog‘i bo‘ylab yuk poyezdlari harakati amalga oshirilmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati xabar qildi.
>>> Batafsil.
Lola Karimova-Tillyayevaning tabrigi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modining kostyumi eng qimmatbaho zamonaviy kostyum sifatida Ginnes Rekordlar kitobiga kirdi.
>>> Batafsil.
Janubiy Koreyada vabo

Janubiy Koreya respublikasida so‘nggi 15 yilda ilk marotaba insonning vabo kasalligini yuqtirishi bilan bog‘liq holat ro‘yxatga olingan. Bu haqda, Yonxap agentligi Yuqumli kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga tayangan holda xabar qilmoqda.
>>> Batafsil.
Bill Geytsning boyligi

Amerikaning Microsoft kompaniyasi asoschisi, milliarder Bill Geytsning sof aktivlari qiymati rekord ko‘rsatkichga yetib, 90 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
>>> Batafsil.
Nikolya Sarkozining qarori

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Fransiyada 2017 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini ma'lum qildi.
>>> Batafsil.
Volkswagen 7

Xitoyning Autohome nashri Volkswagen kompaniyasining 7 o‘rinli krossoveriga tegishli josuslik suratlarini namoyish etdi. Taxminlarga ko‘ra, u Teramont deb nomlanishi mumkin.
>>> Batafsil.
Bedarak ketgan stansiyasining signali

Amerikaning fazoviy agentligi NASA STEREO-B fazoviy qurilmasi bilan aloqaga chiqdi. U, 22 oy muqaddam fazo kengliklarida g‘oyib bo‘lgandi, deb xabar qilmoqda agentlik sayti.
>>> Batafsil.
Rossiyaning quruq qolgan medallari

AQShning Fox News telekanali doping mojarosi bo‘lmaganida Rossiya termasiga qo‘shimcha medallarni olib keluvchi rossiyalik sportchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
>>> Batafsil.
#TabrikRio2016 tanlovi

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi hamda «Kun.uz» axborot sayti Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida o‘tkazilgan 31-yozgi Olimpiada o‘yinlarining o‘zbekistonlik g‘olib va sovrindorlariga eng yaxshi tilaklar tanlovini e'lon qiladi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:41 / 30.04.2025
G‘azoda otishmalar ostida tarqatilayotgan taom, AQSh harbiy uchog‘ini qulatgan husiychilar va «kelajak shahri»ni tortolmayotgan Saudiya - kun dayjesti
15:27 / 29.04.2025
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti
13:05 / 28.04.2025
Eron portidagi dahshatli portlash, Kanadada fojiaga aylangan festival va Suvaysh kanaliga «ko‘z olaytirayotgan» Tramp - kun dayjesti
13:54 / 26.04.2025