Janubiy Koreya respublikasida sönggi 15 yilda ilk marotaba insonning vabo kasalligini yuqtirişi bilan boğliq holat röyxatga olingan. Bu haqda, Yonxap agentligi Yuqumli kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markaziga tayangan holda xabar qilmoqda.
Uning ma'lumotlariga köra, xastalangan kişining yoşi 59da bölib, u xorijga çiqmagani aniqlangan. Şunga köra, vabo kasalligi manbasi respublikaning özida ekani ma'lum bölgan.
Agentlikning qayd etişiça, xolera taşxisi 22-avgust kuni tasdiqlangan, bu vaqtga kelib xastalangan bemor tuzalib, şifoxonani tark etişga tayyorligi aytilmoqda. Uning rafiqasi va ikki farzandining soğliğida muammolar kuzatilmagan.
2001-yili uşbu respublikada 162 nafar kişiga vabo xastaligi taşxisi qöyilgan edi. Şundan beri, bu kasallikni yuqtiriş holati qayd etilmagandi.
Ayni vaqtda, Janubiy Koreya şifokorlari vabo manbasini aniqlaşga harakat qilmoqdalar. Bemorning import qilingan mahsulotni iste'mol qilgan bölişi taxmin qilinayotgan bölsa-da, mahalliy oşxonalar ham gumon qilinmoqda.












