Özbekistonda Mustaqillik kuni arafasida jamoat tartibini saqlaş, yöl harakati xavfsizligi va yonğin xavfsizligini ta'minlaş hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş böyiça çoralar kuçaytiriladi. Bu haqda içki işlar vazirining birinçi örinbosari Tursunpölat Toşpölatov ÖzAga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Tadbirlarni samarali taşkil etiş maqsadida vazirlikning huquqbuzarliklarning oldini oliş, jinoyat qidiruv va terrorizmga qarşi kuraş, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş, yonğin, yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmalari, xorijga çiqiş-keliş va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi, „Qöriqlaş“ birlaşmasi va boşqa xizmatlarning xodimlari tomonidan tegişli taşkiliy profilaktik işlar bajarilmoqda», — dedi vazir örinbosari.
«Mamlakatimizning har bir göşasi, ayniqsa, bayram tadbirlari ötkaziladigan joylar soha xodimlarining alohida e'tiborida. Xavfsizlikni ta'minlaş yuzasidan maxsus reydlar ötkazilayotir. Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat taşkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari faol iştirok etmoqda. Tadbirlar davomida aniqlanayotgan kamçiliklar, huquqbuzarliklar öz vaqtida bartaraf etilayotir», — qayd etdi u.
Tursunpölat Toşpölatovning ta'kidlaşiça, bayram oldidan barça tuman, şahar, mahalla va ovullarda içki işlar organlari xodimlari va «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi vakillaridan iborat guruhlar taşkil etildi. Ular aholi tinçligini saqlaşga oid zarur çoralarni köriş bilan birga jinoyat va huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş, jinoyat sodir etişga moyil şaxslarni aniqlaş va ularga jamoatçilik vakillari bilan hamkorlikda profilaktik ta'sir körsatişga oid vazifalarni samarali ado etmoqda.
Patrul-post va jamoat tartibini saqlaş xizmati tomonidan aholi gavjum joylarda fuqarolar xavfsizligini ta'minlaş, şubhali şaxslar aniqlanganda ularga nisbatan tegişli çora köriş, jamoat tartibini buziş holatlari uçraganda uni darhol bartaraf etiş çoralari yanada kuçaytirilgan. Bayramoldi çora-tadbirlari davomida 8 mingga yaqin huquqbuzarlik aniqlanib, joyida bartaraf etildi.
«Şahar va qişloqlarimizning sanitariya holati, köçalarning yoritilişi bilan boğliq holatlar ham soha xodimlarining e'tiboridan çetda qolgani yöq. Bu borada uçragan kamçiliklar yuzasidan obodonlaştiriş va elektr tarmoqlari korxonalariga olti yuzga yaqin taqdimnoma kiritildi. Natijada kamçiliklar bartaraf etilib, aholiga qulayliklar yaratildi», — IIV rahbarining birinçi örinbosari sözlaridan iqtibos keltirmoqda ÖzA.

















