Amerikaning fazoviy agentligi NASA STEREO-B fazoviy qurilmasi bilan aloqaga çiqdi. U, 22 oy muqaddam fazo kengliklarida ğoyib bölgandi, deb xabar qilmoqda agentlik sayti. 

Özaro axborot almaşinuvi şu yilning 21-avgustida amalga oşirilgan. NASAning uzoq fazoviy aloqa tarmoği yordamida yöqolgan stansiya topilgan. Hozirda STEREO-B stansiyasidan kelayotgan signallar barqarorligi aytilmoqda. 

Uzoq tanaffusdan keyingi ilk radioaloqa bir neça soat davom etgan. Ayni vaqtda, muhandislar qurilma tizimlarining işlaş salohiyatini baholab, ularning ilmiy tadqiqotlar ötkazişga yaroqliligini örganmoqda. 

STEREO-B qurilmasi (STEREO-A bilan birga) NASAning quyoş faolligini örganiş uçun fazoga uçirilgan stansiyalaridan biridir. 2006-yil 26-oktabrida Delta II raketa taşuvçisi yordamida fazoga uçirilgan qurilmalar geliomarkaziy orbitada parvoz qilmoqda. 2014-yil 1-oktabrida STEREO-B 72 soat davomida Yerga körinmaydigan hududga ötib qolgaç, aloqa uzilgan edi.  STEREO-A qurilmasi hozirgaça öz işini davom ettirmoqda. 

STEREO-A va STEREO-B qurilmalarining 2016-yil avgustidagi holati