Özbekiston Olimpiya terma jamoasi a'zolari bugun soat 20-00da Toşkentga yetib keladi. Ularni Toşkent xalqaro aeroportida tantanali kutib oliş marosimiga tayyorgarlik körilmoqda.
Özbekiston respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari B. Usmonov Toşkent şahrida joylaşgan barça oliy ta'lim muassasalari rektorlariga kutib oliş marosimida talaba yoşlar (mas'ul etib biriktiriilgan öqituvçilar hamrohligida) iştirok etişini ta'minlaşni körsatma bergan.
Kutib oluvçilar Toşkent şahrining Nukus va Oybek köçalarining ikki tarafida, yorqin liboslarda bir qator bölib joylaşişi közda tutilgan.
Delegatsiyasini aeroportdan kerakli manzilgaça yetkaziş uçun maxsus tayyorgarlik körilmoqda. Toşkentga buyurtma orqali olib kelingan ikki qavatli Higer avtobuslari olimpiyaçilarni kutib olişga şay holatga keltirilmoqda.
«Sports.uz» naşri olimpiyaçilarni kutib olişga tayyorlanayotgan avtobuslar fotosuratlarni taqdim qildi.




Eslatib ötamiz, Rio-2016 olimpiadasida özbekistonlik sportçilar tarixdagi eng yaxşi natijani körsatib, 4 oltin, 2 kumuş va 7 bronza medalini qölga kiritişdi hamda 207 delegatsiya qatnaşgan olimpiadaning umumiy reytingida 21-örinni egalladi. Bu MDH mamlakatlari içida Rossiyadan keyingi ikkinçi, Osiyo mamlakatlari qatorida esa Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyingi törtinçi natija böldi.












