Toşkent şahri Sergeli tumanida joylaşgan havo kemalariga yonilği quyiş majmuasini xarid qilişga 5 nafar investor qiziqiş bildirdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar bermoqda.
Qumariq köçasi 33a-uy manzilida joylaşgan majmuaning sotuv jarayoni sentabr oyida boşlangan edi. Xususiylaştiriş böyiça konsultant sifatida Ernst & Young jalb etilgan.
Davaktiv xabariga köra, dastlabki bosqiçda konsultant marketing va tarğibot işlarini olib borgan, jumladan, salohiyatli investorlarga investitsiya tizerlari yuborilgan. Belgilangan muddat – 2026-yil 23-oktabrga qadar konsultantga 5 ta investor tomonidan qiziqiş bildiriş töğrisidagi arizalar kelib tuşgan.
Ernst & Young kelib tuşgan arizalarni avvaldan belgilangan quyidagi mezonlar asosida örganib çiqadi:
talabgorlarning moliyaviy imkoniyatlarining yetarliligi;
jinoiy daromadlar va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi qonunçilikka rioya etilişi;
talabgorlarning Yevropa Ittifoqi, AQŞ va xalqaro moliya institutlari sanksiya röyxatlariga kiritilmaganligi.
Bu mezonlarga töliq muvofiq deb topilgan talabgorlar xususiylaştiriş jarayonining keyingi – majburiyatga ega takliflarni qabul qiliş bosqiçida iştirok etişga taklif qilinadi.
Uzbekistan Airports xabariga köra, 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida poytaxt aeroporti 8,5 mln yölovçiga va 62,5 mingta reysga xizmat körsatgan. Bir yil avvalgi qaraganda yölovçilar oqimi 16 foizga, reyslar soni 7 foizga oşgan.
Avvalroq Özbekiston Gruziya, Iroq va boşqa davlatlardan aviakerosin importini yölga qöygani xabar qilingandi.












