«Dunyo» axborot agentligi Uzbekistan Airways maʼlumotlariga tayanib xabar berişiça, uşbu davrda Gurjiston aeroportlarida jami 711 nafar yölovçiga mamlakatga kiriş uçun ruxsat berilmagan. Ularning 473 nafari Özbekiston fuqarolari bölgan.
Kirişni rad etiş sabablari mehmonxona broni va qaytiş aviaçiptasi kabi hujjatlarning mavjud emasligi, tibbiy suğurta polisining yöqligi hamda safar davomida yaşaş uçun yetarli mablağ borligini tasdiqlay olmaslik bilan ham boğliq.
Gurjistongada 2026-yil 1-yanvardan xorijiy turistlar uçun tibbiy suğurta va baxtsiz hodisalardan suğurtalaniş talabi amal qilmoqda. Polis qoğoz yoki elektron şaklda, gruzin yoxud ingliz tilida rasmiylaştirilgan bölişi kerak.
Suğurtani Gurjistongadagi yoki xorijiy suğurta kompaniyasidan oliş mumkin. Polis böyiça suğurta qoplamasi kamida 30 ming Gurjiston larisi bölişi talab etiladi.
Polis turistning mamlakatda böliş muddatini töliq, jumladan, Gurjistonga kiriş va undan çiqiş kunlarini ham qamrab olişi şart.
Hujjatda şartnoma taraflari, suğurta amal qiladigan hudud, suğurta obyekti, boşlaniş va tugaş sanalari, qamrab olinadigan xatarlar hamda qoplama limiti körsatilişi zarur. Şuningdek, polis uçun tölov miqdori, uni tölaş joyi va şartlari ham qayd etilişi kerak.
Majburiy suğurta talabidan quyidagilar ozod etilgan:
diplomatik va maxsus viza egalari;
diplomatik, xizmat, rasmiy va maxsus pasport egalari;
diplomatik va konsullik muassasalari, xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari hamda ularga tenglaştirilgan tuzilmalarning akkreditatsiyalangan xodimlari va akkreditatsiyaga ega oila aʼzolari;
Gurjistonga xalqaro şartnoma va bitimlarga muvofiq kirib keluvçi şaxslar;
xalqaro avtomobil yuk va yölovçi taşuvlarini amalga oşiruvçi haydovçilar.
Gurjistonga safar qilişni rejalaştirayotgan özbekistonliklarga safar maqsadini oldindan aniq belgilaş, mehmonxona broni, qaytiş aviaçiptasi, suğurta polisi va yetarli mablağ mavjudligini tasdiqlovçi hujjatlarni tayyorlab qöyiş tavsiya etilmoqda.












