AQŞ Ukrainadan mamlakat boş prokurori Viktor Şokinning böşatilişini talab qilgan va aks holda 1 mlrd dollarlik kredit bermaslik bilan tahdid qilgan. Bu haqda The Atlantic jurnaliga AQŞ vitse-prezidenti Jozef Bayden ma'lum qildi. 

Maqola mualliflarining yozişiça, Bayden har doim ham özini döstona tutmaydi, biroq şu bilan birga boşqa davlatlar yetakçilarini AQŞ yoki boşqa bir davlatlar manfaati yölida biror-bir işni qilişga majbur qiladi. Jurnal Baydenning Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko bilan bu boradagi suhbatidan bir parçani keltirgan.

"Pyotr, sen milliard dollar olmaysan. Bu normal holatdir, siz boş prokurorni qoldirişingiz mumkin. Biroq tuşuning, agar siz buni qilsangiz, biz pul bermaymiz", deb esladi Bayden Poroşenkoga aytgan sözlarini.

Ta'kidlanişiça, şundan keyin Pyotr Poroşenko Viktor Şokinni 2016 yil 3 aprelda lavozimidan böşatgan.