Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Rio-de-Janeyro şahrida (Braziliya) bölib ötgan XXXI yozgi Olimpiada öyinlari ğoliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlaş töğrisida»gi farmoyişni imzoladi. Hujjat matni ÖzA saytida keltirilgan.
«Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, yoşlar örtasida olimpiada harakatini tarğib etişdagi faol iştiroki, Rio-de-Janeyro şahrida (Braziliya) bölib ötgan XXXI yozgi Olimpiada öyinlaridagi yuksak sport mahorati va mardligi, xalqaro sport maydonlarida Özbekistonning nufuzi va obro‘-e'tiborini oşirişga qöşgan katta hissasi uçun hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 iyuldagi PQ-2558-sonli qaroriga muvofiq quyidagi sportçilar biryöla tölanadigan pul mukofoti bilan taqdirlansinlar», — deyiladi farmoyişda.
Jumladan, Nurudinov Ruslan Şamileviç (oğir atletika), Dösmatov Hasanboy Marufjon öğli (boks), Zoirov Şahobidin Şokiroviç (boks), Ğoibnazarov Fazliddin Hasanboyeviç (boks) oltin medal olgani uçun har biri 200 000 AQŞ dollari bilan, Ğiyosov Şahram Jamşedoviç (boks), Meliqöziyev Bektemir Rözmatjon öğli (boks) kumuş medal olgani uçun har biri 100 000 AQŞ dollari bilan, Ahmadaliyev Murodjon Qahhor öğli (boks), Tölaganov Rustam Tölqin öğli (boks), Sobirov Rişod Raşidoviç (dzyudo), Örozboyev Diyorbek Baxtiyor öğli (dzyudo), Tasmuradov Yelmurat Zulipxar-uli (yunon-rum kuraşi), Navrözov Ixtiyor Karimoviç (erkin kuraş), Ibragimov Magomed Idrisoviç (erkin kuraş) bronza medali olgani uçun har biri 75 000 AQŞ dollari bilan.
Pul mukofotlarini tölaş Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy valyutada — AQŞ dollarida, bankda jismoniy şaxslar uçun belgilangan tartibda oçiladigan depozit hisob raqamlaridan, soliq undirilmasdan amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uşbu maqsadlar uçun zarur pul mablağlari öz vaqtida ajratilişini ta'minlaşi, Markaziy bank esa Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan birgalikda ajratilgan mablağlarni Madaniyat va sport işlari vazirligining buyurtmanomalari böyiça belgilangan tartibda konvertatsiya qilişi belgilandi.
Farmoyişning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri Ş. Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.












