Termizda Xalqaro baxşiçilik festivalining rasmiy yopiliş marosimi bölib ötdi, unda ğolib va sovrindorlar taqdirlandi, deya xabar beradi uzbekistan.travel sayti.

Festivalda 20 mamlakat vakillari öz iste'dodlarini namoyiş etişdi, ularning mahorati Fransiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Möğuliston, Qozoğiston va Özbekistonning yetuk san'at va madaniyat arboblari, olimlari va malakali mutaxassislari tomonidan baholandi. Ğoliblarga mukofotlarni Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va vazir örinbosari Ozodbek Nazarbekovlar topşirişdi.

Xalqaro baxşiçilik festivalining Gran-prisiga Qozoğiston vakili Uljan Baybusinova munosib deb topildi.

1-örin Turkmaniston vakili Kervan Yovbasarov hamda Özbekiston vakili Abdunazar Poyonovga nasib etdi.

2-örinni ozarbayjonlik “Oşiqlar dueti” va rossiyalik Ilgam Baybuldinov egalladi.

3-örin Janubiy Koreya vakili “Hanmyra Art” guruhi hamda Özbekiston vakili Gulnara Allambergenova tomonidan band etildi.

Malayziyalik Kamarul Baisax festivalning eng yoş iştirokçisi sifatida e'tirof etildi.

Eng yoşi uluğ iştirokçi nominatsiyasida özbekistonlik Otaxon Matyakubov mukofotlandi.