Turkiya armiyasi aviatsiya kömagida Suriyaning Jarablus şahrini IŞID jangarilaridan ozod etiş maqsadida harbiy yuriş boşladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar tarqatgan.

Agentlik xabariga köra, harbiy amaliyot Suriyaning Turkiya bilan çegaralaridagi hududlarni jangarilardan tozalaşga qaratilgan. Harbiy amaliyotda oğir artilleriyadan ham foydalaniladi.

Bundan oldinroq, Turkiya TIV rahbari Mavlud Çovuşöğli Turkiya tomoni Jarablus şahrini IŞIDdan ozod etiş uçun istalgan kömakni berişga tayyorligi haqida aytgandi.

Turkiya armiyasi Jarablus yaqinidagi Manbij şahriga ham hujum qilgan.