Turkiya Rossiya tomonini Suriyaning şimolidagi Jarablus şahrini IŞID jangarilaridan ozod etiş uçun harbiy amaliyot boşlagani xususida ogohlantirdi. Bu haqda NTV telekanalida ma'lum qilingan.
"Rossiya Jarablusdagi amaliyotdan xabardor qilindi", deyilgan telekanal saytidagi xabarda.
Bundan oldinroq, Turkiya armiyasi 24 avgust tongida Suriya şimoliga kirgani haqida xabar qilingandi.
Amaliyotni Harbiy havo kuçlari samolyotlari qöllab-quvvatlamoqda.

Anadolu agentligi Jarablus şahridagi jangarilar pozitsiyalariga ilk zarbalar berilganini ma'lum qilgan.

Turkiya 20 avgust kuni Gaziantepda IŞID tomonidan terakt amalga oşirilganidan keyin Suriya bilan çegarasida harbiy amaliyot boşlaşini ma'lum qilgandi.
23 avgust kuni Jaralbusdan Turkiyaning Karqamiş şahriga artilleriya zarbalari berildi.
Şu kuni Turkiya hukumati çegara yaqinidagi aholini evakuatsiya qildi va yurişga tayyorgarlik körildi.













