Turkiya Suriyadagi amaliyotni Manbijgaça davom ettirib, Iroq çegaralarigaça bölgan hududni kurd bölinmalari jangçilaridan tozalaşni maqsad qilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning bayonotiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

«Bizni bu amaliyotni töxtatişga çaqirayotganlarga yuzlanmoqçiman. Agar sizga qarata raketalar uçirib turişganida, siz nima qilgan bölardingiz?» — degan Erdöğan Adolat va taraqqiyot partiyasining hududiy rahbarlari qarşisida qilgan çiqişi vaqtida.

Uning sözlariga köra, Suriyadagi harbiy amaliyotlar bu hududdagi oxirgi terrorçi yöq qilinmagunça davom etadi. Turkiya rahbari agar Anqara özining harbiy salohiyatidan töla foydalansa, bu amaliyotni tezroq yakunlaşi ham mumkin.

«Anqara Afrinni bosib olişni maqsad qilmagan, bizning maqsadimiz Afrinni terrorçilardan ozod qiliş va tinç aholi uçun yaşaş şaroitlarini yaratişdir», degan u.

Turkiya 20 yanvar kuni Suriya şimolida «Zaytun butoği» nomli harbiy amaliyot boşladi. Turkiyalik harbiylarga Suriya muxolifati hisoblanmiş «Suriya ozodlik armiyasi» ham kömak körsatmoqda. Rasmiy Anqara Suriyadagi kurd taşkilotlarini, xususan, «Demokratik ittifoq» (PYD) va Milliy mudofaa otryadlarini (YPG) Turkiyadagi Kurdiston işçilar partiyasining harbiy qanotlari deb hisoblaydi. Turklar şuningdek, AQŞni «uşbu terrorçilarga qurol yetkazib beriş»da ayblaydi.