O‘zbekiston | 20:42 / 25.08.2016
18664
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Buxoro tezyurari, Ko‘chirilgan yuz tarixi, Italiya zilzilasi manzaralari, Kun.uz’ning Moskva avtosalonidan reportaji, Dubayning kosa stadioni

Yakunlanib borayotgan 25 avgust O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Toshkent-Buxoro tezyurari


Bugun Toshkent-Buxoro yo‘nalishida "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy elektr poyezdining ilk qatnovi amalga oshirildi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati ma'lum qilgan.

>>> Batafsil.  

Qozog‘iston bilan qisman yopilgan chegara


O‘zbekiston Mustaqillik bayrami arafasida, 24 avgust kuni Qozog‘iston bilan davlat chegarasida harakatlanishga vaqtincha cheklov kiritdi.

>>> Batafsil.

Ko‘chirilgan yuz


Amerikalik o‘t o‘chiruvchi Patrik Xardisonga bir yil muqaddam yangi yuz transplantatsiya qilingan edi. Shundan so‘ng unga “odatiy yigit” deya qarash boshlandi. >>> Batafsil.

Italiya zilzilasi


23 avgustdan 24 avgustga o‘tar kechasi markaziy Italiyada 6,0 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi oqibatida kichik Akkumoli va Amatriche shahriga eng ko‘p zarar yetdi.

>>> Batafsil.

Eron harbiy katerlari


Eron harbiy katerlari O‘rmuz bo‘g‘ozida Amerikaning Nitze raketa esminetsini quvib yetgan, deb xabar qilmoqda AQSh mudofaa vazirligi vakiliga tayangan holda TASS agentligi.  

>>> Batafsil.

Aniqlangan ekzosayyora


Astronomlar bizning Quyosh tizimiga yaqin sayyorani aniqlashdi. Gap, inson yashashi mumkin bo‘lgan Proksima B ekzosayyorasi haqida bormoqda. U, Proksima Tsentavra yulduzi atrofida aylanadi, deb ma'lum qilishgan olimlar.

>>> Batafsil.

Moskva avtosalonidan maxsus reportaj


Ma'lumki, har yili dunyoning turli yirik shaharlarida avtomobilsozlik gigantlari ishtirokida o‘ziga xos ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Jyeneve, Detroyt, Frankfurt, Parij avtoshoularini ko‘pchilik intiqlik bilan kutishi shubhasiz.

>>>  Batafsil.

“Odnoklassniki”ning maxsus loyihasi


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi arafasida Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i o‘z tarixida o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun maxsus loyihani ishga tushirdi. Loyiha doirasida har bir foydalanuvchi o‘zining fotosuratini bayram ramzlari bilan bezatish imkoniga ega.

>>> Batafsil.

Rahmatjon Ro‘zioxunovga faxriy unvon

Rio–2016 Olimpiadasida O‘zbekiston boks terma jamoasi bilan muvaffaqiyatga erishgan murabbiy Ro‘zioxunov Rahmatjon Tursunovich «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan mukofotlanadi.

>>>  Batafsil.

Kosa stadion


Amerikaning Perkins + Will me'morchilik firmasi tomonidan yaratiladigan Dubaydagi eng yirik futbol maydoni 60 000 muxlisning taftini sovuta olmaydi, albatta, lekin tribunalar va ko‘plab unga tegishli joylardagi optimal haroratni tabiiy yo‘l bilan ushlab tura oladi.

>>>  Batafsil.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid