Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuzi ko‘chirib o‘tkazilgan o‘t o‘chiruvchi operatsiyadan bir yil o‘tib, hayoti haqida so‘zlab berdi
Amerikalik o‘t o‘chiruvchi Patrik Xardisonga bir yil muqaddam yangi yuz transplantatsiya qilingan edi. Shundan so‘ng unga “odatiy yigit” deya qarash boshlandi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.
Xardison 2001 yilda Missisipi shtatida yashovchi ayolni qutqaraman deb yuzi qattiq kuyib qolgan edi. 2014 yilda 26 soatlik operatsiyadan so‘ng unga yangi yuz ko‘chirib o‘tkazishdi. Ma'lum qilinishicha, jarrohlik amaliyotiga 100dan ziyod inson (mutaxassis) tayyorgarlik ko‘rgan.
«Ortiqcha nigohlardan xalos bo‘ldim. Men hayotga odatiy yigit sifatida qaytdim va odamlar singari yashashni boshladim. Hayotim o‘zgardi va yangilandi», — dedi Xardison matbuot anjumanida. Ma'lum qilinishicha, anjumanda uning rafiqasi va bolasi ham ishtirok etgan.
2015 yilda 42 yashar Xardison 26 yashar velosipedchi David Rodeboning yuzini “qabul qilib” olgan edi.


Mavzuga oid
13:56 / 23.03.2026
AQShda yo‘lovchi samolyoti o‘t o‘chiruvchi mashina bilan to‘qnashib ketdi
15:15 / 09.12.2025
Toshkentda 31 yoshli erkak xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi
20:15 / 11.10.2025
Reportaj: Chirchiqda tug‘ilgan siam egizaklariga shifoxonadan uyiga javob berildi
08:10 / 09.10.2025