Özbekiston Mustaqillik bayrami arafasida, 24 avgust kuni Qozoğiston bilan davlat çegarasida harakatlanişga vaqtinça çeklov kiritdi.
Özbekiston Mustaqillik kuniga 10 kun qolganida çegaralar yopilişi boşlandi. 22 avgust kuni Özbekiston Qirğiziston bilan çegarasidagi nazorat punktlarini yopgandi. Şu bilan birga, öz yurtiga qaytib kelayotgan Özbekiston va Qirğiziston fuqarolariga çegarani kesib ötişlariga ruxsat berildi.
NUZ.UZ muxbirining xabar berişiça, "Ğişt köprik" xalqaro çegara nazorat punktida ("Çernyayevka" nomi bilan maşhur) ayni vaqtda Özbekiston fuqarolariga çetga çiqiş uçun çeklov örnatilgan, ayni damda xorijliklarga çeklov qöllanmagan. Şu bilan birga Özbekiston fuqarolari respublikaga kirişlari mumkin, xorijliklarga esa çegara yopilgan.
Ya'ni vaqtinçalik tartibga muvofiq, Qozoğistondan Özbekistonga qaytayotgan özbekistonliklar, şuningdek, Özbekistondan Qozoğistonga qaytayotgan qozoğistonliklarning vataniga qaytişiga ruxsat etiladi.
Töy va dafn marosimlariga, bemor qarindoşlari ziyoratiga otlanganlar esa bundan mustasno, ular taklif etilganlik haqidagi telegramma orqali harakatlanişlari mumkin.
Şuningdek, qölida aviabileti va şoşilinç telegrammasi bor fuqarolar, diplomatlar va rasmiy hay'atlar a'zolari hamda xalqaro yönalişda qatnovni amalga oşirayotgan haydovçilarning çegaradan ötişiga tösqinlik qilinmaydi.












