Rio–2016 Olimpiadasida Özbekiston boks terma jamoasi bilan muvaffaqiyatga erişgan murabbiy Rözioxunov Rahmatjon Tursunoviç «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan mukofotlanadi. Bu haqda «Özbekiston Mustaqilligining yigirma beş yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, adabiyot, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida ma'lum qilindi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi Rio—2016 Olimpiadasida jami 4 ta oltin, 2 ta kumuş va 7 ta bronza medalini qölga kiritib, tarixda ilk marta dunyoda 21, Osiyoda 4, MDHda 2, Markaziy Osiyoda 1-örinni egalladi.
Rahmatjon Rözioxunov bilan bir qatorda boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari Ahmedov Ma'rufjon Qodiroviç, Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekoviç, karate böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Arslonov Şuhrat Arslon öğli, badiiy gimnastika böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Izrailbekova Zarina Batirovna, Özbekiston mini-futbol assotsiatsiyasi raisi örinbosari Usmonov Jahongir Mirabroroviç, erkin kuraş böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Hidoyatov Eşpölat Erkinoviç, Toşkent viloyati Çirçiq şahridagi bolalar va ösmirlar sport maktabi direktori Yakubov Abdurauf Sattoroviç «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sport ustozi» unvoni bilan mukofotlandi.

















