Eron harbiy katerlari Örmuz böğozida Amerikaning Nitze raketa esminetsini quvib yetgan, deb xabar qilmoqda AQŞ mudofaa vazirligi vakiliga tayangan holda TASS agentligi.
«Eronning tezyurar katerlari, jiddiy ogohlantirişlarga qaramay, Nitze esminetsiga xavfli masofada yaqinlaşişga jur'at etişgan», — degan Pentagon vakili. Uning aytişiça, motorli qayiqlar 300 yardga (274 metr atrofida) yaqinlaşişgan, şundan söng eronlik harbiylar tezlikni oşirib, esminets yonidan ketişgan.
Ma'lum bölişiça, Nitze va Amerikaning yana bitta raketa esminetsi Mason Örmuz böğozi orqali tranzit suzişini amalga oşirayotgan bölgan. AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi (CENTCOM) rasmiy vakili Kayl Reynsning işontirişiça, ular halqaro suvlarda bölgan.
Ta'kidlanişiça, Nitze 12 marta katerlar bilan radioaloqa örnatişga muvaffaqiyatsiz uringan, uç marta halokat signalini bergan.
Pentagon ma'muriyati eronlik harbiy dengizçilarning hatti-harakatlarini «xavfli va malakasiz» deb baholagan hamda «xalqaro huquq va xalqaro dengiz qoidalariga mos kelmasligi»ni ta'kidlagan.












