Astronomlar bizning Quyoş tizimiga yaqin sayyorani aniqlaşdi. Gap, inson yaşaşi mumkin bölgan Proksima B ekzosayyorasi haqida bormoqda. U, Proksima Tsentavra yulduzi atrofida aylanadi, deb ma'lum qilişgan olimlar Nature jurnalida e'lon qilingan maqolasida.

Londondagi Qiroliça Mariya Universiteti bir guruh olimlarining xulosalariga köra, Yerga bundan öxşaş ekzosayyora yöq va bölişi ham mumkin emas. 

"Xuşxabar şundan iboratki, sayyora yaqin joylaşgan. Biroq, uning fazodagi qöşnimiz ekani astronomlarning uşalgan orzusidir", - deb ta'kidlagan Ansgar Reyners.

"U, şu paytga qadar aniqlangan Yerga öxşaş, ammo Quyoş tizimidan taşqarida joylaşgan sayyoralarning eng yaqini, balki kelajakda oçilişi mumkin bölganlarning içida ham yaqini bölsa ajab emas. Çunki, Proksima Tsentavra yulduzi Quyoş tizimiga eng yaqin yulduz hisoblanadi. Şunga köra, uning atrofidagi sayyora ham Yerga eng yaqinidir", - deb izohlagan Anglada-Eskude.

Proksima B ekzosayyorasi Quyoş tizimidan atigi 4,2 yoruğlik yili masofasida joylaşgan. Boşqaça ifodalaganda, Quyoş bilan Yer örtasidagi masofadan 266 ming marta uzoqroqda. Şu paytga qadar, bizga eng yaqin sayyoralar sifatida TRAPPIST-1 yulduzi atrofidagi sayyoralar hisoblanardi. Yerdan ulargaça bölgan masofa esa 40 yoruğlik yiliga tengdir. 

Proksima B sayyoramiz vaznidan 1,3 marta oğirroq bölib, Yulduzi bilan oraliği Quyoş va Yer masofasining 5 foiziga teng. Şunga qaramay,  Proksima Tsentavra Quyoşdan ança sovuqroq bölgani sababli, Proksima B sathida suyuq suv bölişi ehtimol. 

Olimlarning fikriça, sayyorada atmosfera ham bölişi mumkin, çunki undagi havo harorati 30-40 daraja atrofida. Atmosfera bölmaganida noldan 28,9-40 daraja past bölar edi. 

Biroq, Proksima Bga ijobiylari bilan birga salbiy omillar ham ta'sir körsatmoqda. Tadqiqotçilarning fikriça, ultrabinafşa va radiatsion nurlar Yerdagidan 100 baravar kuçliroqdir.