Hindistonning Kanpur şahrida yaşovçi 11 yoşli Şraddxa Şukla hindistonlik olimpiyaçilarning ğalabalaridan ilhomlanib, milliy rekordni yangilaş maqsadida Gang böylab 570 km suzib ötişga otlandi.
Jasur qizçaning hisob-kitobiga köra, Kanpur-Varanasi yönalişi böyiça ötadigan yölni suzib ötiş uçun unga 10 kun talab etiladi va u har kuni kamida 60 km suzib ötmoqçi. Bu esa 13 ta olimpiya marafoniga teng. Har 4-5 soatda qizçaning dam olişi közda tutilgan.
Qizça suzişni boşlaşdan oldin heç ham xavotirlanmayotgani va bu noodatiy aksiyasi bilan suzişni yurtida nafaqat ommalaştirmoqçi, balki Gang daryosining ayançli ekologik ahvoliga jamoatçilikning e'tiborini qaratişga umid qilayotganini aytgan.
Qizçaga uzoq yölida murabbiy otasi, şifokor va 4 nafar ğavvos hamrohlik qiladi. Ğavvoslar qizçaning atrofida unga Gangdagi timsohlar hamla qilmasligi uçun himoya törini olib boradilar. Qizça timsohlar bilan uçraşmaslik uçun, şuningdek, kunning yoruğ qismida, ya'ni soat 5 dan 19:30 gaça suzadi.
Qizçaning aytişiça, bundan keyin u Fransiya va Buyuk Britaniyani boğlovçi La-Manş böğozidan suzib ötmoqçi. Söngra esa öz davlati nomidan Olimpiadada iştirok etmoqçi.
Şraddxada suzişga iştiyoqni uning bobosi Munnu Şukla uyğotgan. Professional ğavvos bölgan Şukla özining yagona nabirasini suzişga 2 yoşida örgatgan. Hozirda qizçaning sinfdoşlari uni suv parisi deb ataydilar va undan suvda özini qanday töğri tutiş haqida maslahat sörab turadilar.












