Hindistonning Bixar ştatida Gang daryosi böyida 30 kişining jasadi topildi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, bu jasadlar koronavirusdan vafot etgan odamlarniki bölişi mumkin.
The Times of India naşrining xabar berişiça, jasadlar krematsiyalaş qimmatlik qilgani sababli vafot etganlarning yaqinlari tomonidan daryoga oqizib yuborilgan bölişi ehtimoli bor.
Mahalliy aholining ta'kidlaşiça, ular daryoda 100dan 150gaça jasadni körişgan. Bixar ma'muriyati 30 jasad topilganini tasdiqlagan. Jasadlarning aksariyati bir neça kun avval qöşni Uttar-Pradeş ştatida daryoga taşlangan va oqim bilan olib kelingan bölişi mumkin.
Ma'lumotlarga köra, jasadlarning ba'zilari şişib ketgan, qisman yongan va suvda bir neça kun qolib ketgan holda bölgan.
Hinduiylik an'analariga köra, marhum bilan vidolaşiş anteşti marosimi jasadni gulxanda yoqişni talab qiladi. Hinduiylar olov marhumning ruhini osmonga kötarişi va marhum u yerda qayta tuğilişiga işonişadi. Marosim bundan xabardor odamlar — brahmanlar tomonidan ötkaziladi. Biroq koronavirusdan vafot etganlar holatida uşbu marosimni ötkaziş ança qimmatga tuşmoqda, çunki jasadni muayyan joyda yoqiş talab etiladi va brahmanlar vaziyatdan foydalanib, öz xizmatlari uçun köproq haq söramoqda. Noçor odamlar uçun hattoki gulxan yoqiş uçun ötin sotib oliş ham qimmatlik qiladi.
Marhum krematsiya qilingandan keyin uning xoki daryoga oqizib yuboriladi. Bunda xokni hindlarda muqaddas hisoblanuvçi Gang daryosiga oqiziş afzal köriladi. Mahalliy matbuotning xabar berişiça, noçor oilalar marhum bilan vidolaşiş marosimini ötkazişga mablağlari yöqligi sababli Gangning muqaddas suvlari marhumni poklab, u baribir yaxşi holatda qayta tuğilişiga işonib, jasadni Gangga taşlaşadi.
Ta'kidlanişiça, Gang böyida topilgan jasadlarni krematsiya qiliş ştat ma'muriyati hisobidan amalga oşiriladi. Buksar okrug sudyasi Aman Samir jasadlarni daryoga taşlayotganlarga nisbatan qat'iy çoralar körilişidan ogohlantirgan.
Hindistonda koronavirus bilan boğliq vaziyat aprel oyida keskin yomonlaşdi. Ayni vaqtda mamlakat koronavirus bilan kasallanganlar soni böyiça AQŞdan keyin 2-örinni egallamoqda. Rasmiy statistikaga köra, oxirgi kunlarda mamlakatda kuniga 4 mingga yaqin odam virusdan vafot etmoqda. Biroq mutaxassislarning ta'kidlaşiça, kunlik ölim körsatkiçlari bir neça marta yuqoriroq bölişi mumkin.












