Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gang daryosi bo‘yida ko‘milgan yuzlab jasadlar aniqlandi
Hindistonda Gang daryosi bo‘yida ko‘milgan yuzlab jasadlar aniqlandi. Rasmiylarning fikricha, ular koronavirus qurbonlariga tegishli bo‘lishi mumkin.
Associated Press axborot agentligining xabar berishicha, 15 may kuni Uttar-Pradesh shtatining Prayagraj shahrida 300ta jasad topilgan. E'tiborlisi, har bir qabr zarg‘aldoq, sariq yoki qizil mato bilan yopilgan bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, voqea joyida bo‘lgan politsiyachilar daryo bo‘yiga yuk mashinasida olib kelingan ayol jasadini ko‘mishga qarshilik ko‘rsatishmagan.
Politsiya zobiti Kumar Singx qabrlar topilgan hudud koronavirus qurbonlari krematsiya qilinish joyi sifatida belgilangani va fuqarolarga Gang bo‘yida jasadlarni ko‘mish taqiqlanishini ma'lum qilgan.
Shtat rasmiy vakili Navnit Segalning ta'kidlashicha, mahalliy aholi vafot etgan yaqinlaridan shu tariqa qutulmoqda yoki ularni hindlar uchun muqaddas hisoblanuvchi daryo bo‘yiga dafn qilishmoqda. Uning fikricha, jasadlarning koronavirusga hech qanday aloqasi yo‘q.
10 may kuni Gang suvlarida o‘nlab jasadlar aniqlangandi. Taxminlarga ko‘ra, jasadlar koronavirus qurbonlariga tegishli bo‘lgan. Uttar-Pradesh bilan chegaradosh Bixar shtatida daryoda kamida 30ta jasad aniqlangandi. Ba'zi guvohlarning ta'kidlashicha, ular daryoda 100–150ta jasadni ko‘rishgan. Taxminlardan biriga ko‘ra, daryoga jasadlarni ularni krematsiya qilish uchun puli yo‘q bo‘lgan mahalliy qishloqlar aholisi oqizib yuborgan. Shundan keyin rasmiylar Gangga jasadlar tashlanishini darhol to‘xtatishni talab qilishgan.
Hindistonda oxirgi haftalarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘ta og‘irlashgan va hukumat bor kuchi bilan vaziyatni o‘nglashga harakat qilmoqda. Mamlakatning ikkita yirik shtati – umumiy aholisi 358 mln kishini tashkil qiluvchi Uttar-Pradesh va Bixar koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026