Yaponiya hukumati yapon mafiyasi – yakudzaning ikki guruhi orasida uruş çiqmasligi maqsadida 2016 yil martidan beri 976 kişini hibsga oldi. Bu haqda "Asaxi Simbun" naşri ma'lum qildi. 

Yakudzaning eng katta "Yamaguti-gumi" guruhi va undan ajrab çiqqan "Kobe Yamaguti-gumi" guruhi a'zolari hibsga olingan. 

"Guruhlar ajralgandan keyin politsiyaçilar ularni töxtamasdan hibsga olmoqdalar", deb aytdi mafiozlardan biri gazetaga bergan intervyusida. Uning aytişiça, har bir hibsga olişlardan keyin mafiya advokatlarni yollaşiga töğri kelmoqda va bu uning moliyaviy ahvoliga putur yetkazmoqda.    

Naşrning ta'kidlaşiça, ikki guruh orasida muzokaralar bölgan, biroq ular besamar tugagan: 31 may kuni "Kobe Yamaguti-gumi"ning, yarim oy ötib esa raqib guruh – "Yamaguti-gumi"ning yetakçilaridan biri öldirilgan.

Politsiya reydlari sababli ikki guruh a'zolik badalini oşirişga majbur bölgan: biror jinoiy töda boşliği "Yamaguti-gumi"ning bir qismi deb atalişi uçun 4 ming dollar tölaşi kerak. Raqib guruhda "narxlar" pastroq: mingdan 3 ming dollargaça.